UzWebiston: Navoiylik ayol 59 yoshida pasportlik bo‘ldi

Image copyright none
Image caption O‘zbekistonda pasport bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida yashovchi Bodom Erjonova fuqarolik pasportini 59 yoshida olishga muyassar bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekistondagi internet nashrlar.

Gap shundaki, Bodom Erjonovaning tug‘ilganlik guvohnomasi umuman yo‘qligi sabab, uzoq yillar pasport ololmagan.

Cho‘pon oilasida katta bo‘lgan Bodom Erjonova O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat bir kun kerak bo‘lishi u turmush qurganida ham hech kimning xayoliga kelmagan.

Lekin nafaqa uchun hujjatlarni rasmiylashtirish kerak bo‘lganda, navoiylik onaxonda hech qanday hujjat yo‘qligini ma‘lum bo‘lgan.

O‘zbekiston internet saytlarining yozishicha, Navoiy viloyatining Zarafshon shahar fuqarolik mahkamasi Bodom xolaning arizasini ko‘rib chiqqan.

Mahkama Respublika Fuqarolik-protsessual kodeksining 283-moddasiga asosan Bodom Erjonova pasportlik bo‘lgan.

Bu kabi hodisa O‘zbekistonda ilgari yuz bermagani aytiladi.

Lekin O‘zbekistonda pasport bilan bog‘liq muammolar juda ko‘pligi, odamlar pasport bo‘limlaridagi qog‘ozbozlik va poraxo‘rlik tufayli oylab pasportini ololmayotgani haqida shikoyatlar doim mavjud.

Biometrik pasport uchun hujjat topshirgan jizzaxlik fuqaroning bildirishicha, bir necha oy kutishdan so‘ng yana eski nusxadagi pasportni olishiga to‘g‘ri kelgan.

Pasport bo‘limidagilar unga biometrik pasport berish ishlari vaqtincha to‘xtatilganini ma‘lum qilishgan.

Qarshilik onaxonga ko‘ra, ikki oy muddatda nihoyat qo‘liga olgan pasportni.

Pasport stoldagi qizga 50 dollar berib, o‘n kunlar ichida pasportlik bo‘lganini aytadi toshkentlik suhbatdoshimiz.

"Pasport zarurlar tanish-bilish, pul bilan ishlarini tez bitirishyapti, zarur bo‘lmaganlar oylab kutishlariga to‘g‘ri kelyapti", deydi u ham.

O‘zbekistonda biometrik pasport olishning birinchi bosqichi 2011 yili boshlangan, 2013 yil mart oyidan biometrik pasport ommaviy ravishda berilishi aytilgandi.

Biroq pasport almashtirish idoralarining bu vazifaga tayyor emasligi, viloyatlardagi pasport stollarida uzundan-uzoq navbatlar, noroziliklar va turli muammolarni keltirib chiqargan.