Jizzahning G‘allaorol tumanida poyezd izdan chiqib ketgan

Image copyright BBC World Service
Image caption Jizzahning G‘allaorol tumanida poyezd izdan chiqib ketgan

Bugun ertalab Jizzahning G‘allaorol tumanidagi Mullabuloq qishlog‘i oldida Dushanbe-Konibodom poyezdi izdan chiqib ketgan.

Natijada Tojikiston Temir Yo‘llari shirkati xabariga ko‘ra 52 kishi jarohatlangan.

Bu hodisani BBCga Jizzah viloyat hokimiyati ham tasdiqladi.

Hokimiyat vakilining bildirishicha viloyat hokimi hozirda falokat yuz bergan yerga ketgan.

Tojikiston tarafidan ham ishchi guruh hodisa yuz bergan yerga yo‘l olgan.

Jizzah hokimiyati vakilining so‘zlariga ko‘ra poyezdda 267 kishi bo‘lgan.

Falokat natijasida qishloqdagi binolarga zarar tegmagan, hodisa ochiq dalada sodir bo‘lgan.