Sho‘ro haykallari xotirami yoki "Xayr, Lenin" deb aytamizmi?

Image caption Lenin bobo haykali Bishkekda hali ham yo‘l ko‘rsatib turibdi

Bishkekda sershovqin istirohat bog‘i va tig‘iz yo‘llar oralab kelaverilsa, Qirg‘iziston Milliy muzeyi orqasidagi maydon sokin xiyobonga o‘xshaydi.

Yolg‘iz yigit Qirg‘iziston SSRning sobiq shtab kvartirasining eskizi ustida ishlayapti, bir guruh o‘smirlar esa rasmga tushmoqda. Bularning hammasi Vladimir Ilich Ulyanov boshi uzra ko‘rinib turadi, uning haykali xiyobonning o‘rtasida joylashgan. Biz uni darrov taniymiz: bu yerda Lenin bobo turibdi.

Sobiq sovet kommunist qahramonlarining haykali bizning safarimiz davomida sovet davri haqidagi xotiralarni uyg‘otadi. Har bir sobiq sovet respublikasi uchun ular turli o‘tmishga ega. Yolg‘iz birgina savol: "Agar SSSR boshqa mavjud emas ekan, ularning taqdiri qanday bo‘lishi kerak?" Ular xotira sifatida qolishi kerakmi, yoki biz "Xayr, Lenin" deb aytamizmi?

Qirg‘iziston

Lenin va uning haykali Qirg‘izistonda qolgan. "U o‘zining dastlabki joyida Bishkekdagi markaziy maydonda 2003 yilgacha turdi", deydi Yyen Kleytor. U Bishkekda 1995 yildan buyon sayyohlik agentligida ishlab keladi.

U Qirg‘izistonga kelgan paytidan boshlab qirg‘iz tarixini o‘rgandi va shahar haqida o‘zining blogida deyarli har kun yozib boradi.

Hukumat Leninni maydonning boshqa tomoniga, omma nazaridan nariroqqa ko‘chirdi. Sovet Ittifoqining g‘oyaviy otasi bir paytlar turgan joyni qirg‘iz xalqining tarixiy qahramoni ot ustidagi Manasning haykali egalladi. "Bu qirg‘iz xalqida milliy g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirish va mustaqillikka urg‘u berib turish uchun uchun qilindi".

Tojikiston

Qo‘shni Tojikistonda ham Lenin boboning Xo‘janddagi 23 metrlik haykalini olib tashlashga qaror qilindi. Uning o‘rnini somoniylar podshohi egalladi. Somoniy so‘zini hamma joyda uchratish mumkin. Markaziy ko‘chalar, binolar nomlari va hatto Tojik milliy valyutasida ham somoniy bor. Markaziy Osiyodagi eng baland haykal maxsus transport yordamida shahar chekkasidagi tinch bog‘ga- qachonlardir turgan faxrli yeridan uzoqroqqa olib borib o‘rnatildi.

O‘zbekiston

Biroq buni amalga oshirishning boshqacha yo‘llari ham mavjud. Ya‘ni O‘zbekistondagi kabi. Mustaqillikka erishilgach, Prezident Islom Karimov rahbarligidagi avtoritar tuzum Sovet Ittifoqini eslatadigan barcha narsalarga qarshi reyd boshladi. Haykal va yodgorliklar buzib tashlandi, bino va ko‘chalar milliy qahramonlar sharafiga o‘zgartirildi, kirill alifbosi lotinchaga o‘tkazildi. Qo‘shni davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekiston ham o‘zining milliy qahramoni - Amir Temurni taqdim etdi. G‘arb tarixchilari tomonidan Temur 10 asrlarning shafqatsiz hukmdor sifatida ko‘rsatiladi. O‘zbekiston hukumati esa Temurning buyuk davlatchilikka asos solgani, buyuk o‘zbek bo‘lganiga urg‘u beradi.

Yana Bishkek

Bishkekka qaytar ekan, blogger Yyen Kleytor kofe ichishga to‘xtaydi. "Odamlar bu yerda sovetlarni ko‘p ham yomon ko‘rmaydi. Zavodlar yuqori darajada ishlagan va hamma uchun yetarli bo‘lgan. Hozir odamlar o‘zlari uchun qayg‘urishga majbur va bir xillari shuning ham uddasidan chiqa olmaydi", xayolidan o‘tkazadi u. Bu Kleytorning fikricha, Bishkekda sovet haykallarining hali ham turishiga sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Lenin hozirgi Manas oldida ushoqqina bo‘lib ko‘rinadi. Lening Manasning o‘rnida turganda u qo‘lini Tyan Shan tog‘iga tomon cho‘zib turar va go‘yo "Bizning mustahkam ittifoqimizga qarang", deb aytayotgandek bo‘lardi. Hozir esa Manas Bishkekdagi Amerika universiteti tomon qarab turadi. Klaytor kuladi: "Bu kichkina, lekin aminmanki, Bishkekda sovet tuzumiga qarshi bo‘lganlarning g‘alabasi deyish mumkin".