Rossiya: Millatchilar namoyishiga "muhojirlar" sababchi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya politsiyasi rus millatiga mansub yigitning o‘ldirilishi ortidan yuzaga kelgan namoyish chog‘ida kamida 400 odamni hibsga olgan.

O‘ta millatchi ruhdagi bu namoyishchilar rus yigitini go‘yoki Shimoliy Qofqozdan kelgan "muhojir" o‘ldirgan, deb norozilik bildirishgan.

Keyin bu harakat zo‘ravonlik tusini olib, namoyishchilar Markaziy Osiyo va Qofqozdan kelgan insonlar ishlaydigan dehqon bozoriga hujum qilishgan.

"Rossiya oq tanli ruslar uchun!" kabi shiorlarni qichqirgan millatchi namoyishchilar nazdida Rossiya tarkibida qolayotgan Shimoliy Qofqoz xalqlari ham muhojirlardir.

Rus millatchilari har yili yuzlab noslavyan qiyofadagi shaxslarga hujum qilishadi, ularni talashadi va ba‘zida o‘ldirishadi.

So‘nggi namoyish ham Rossiyada millatchilik hamda irqchilik qanchalik kuchayib, ildiz otganini namoyish etadi.