Ilhom Aliyev uchinchi marta Ozarbayjonning prezidenti bo‘ldi

Image copyright AFP
Image caption Saylov qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, janob Aliyev 84,54 foiz ovoz to‘plab, uchinchi bor Ozarbayjon prezidenti bo‘ldi

Ozarbayjon Konstitutsion mahkamasi majlisi mamlakatdagi prezidentlik saylovlari natijasini tasdiqladi.

Ozarbayjonning amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev rasman mamlakatning yangi saylangan prezidenti deb e‘lon qilindi.

Saylov qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, janob Aliyev 84,54 foiz ovoz to‘plagan.

Saylov natijalarini Konstitutsion mahkamada ko‘rib chiqish Ozarbayjonda majburiy jarayon hisoblanadi.

Saylov o‘tkazilganidan ikki hafta o‘tib mahkama plenumi saylov natijalarini tasdiqlashi kerak.

Ayni paytda OBSE Ozarbayjondagi prezidentlik saylovlarini tanqid qilgan.

300 ga yaqin kuzatuvchilar keltirishicha, 58 foiz saylov maskanlarida qonunbuzarliklar kuzatilgan.

Shu bilan birga xalqaro kuzatuvchilar saylovoldi kampaniyasi so‘z erkinligi va yig‘ilishlar chegaralangan sharoitda hamda huquq-tartibot idoralari fuqarolarga tinch namoyishlar o‘tkazishga izn bermagan holatda o‘tganini aytishgan.