Karimov xonadonidagi ziddiyat va kelishmovchilikdan kim manfaatdor bo‘lishi mumkin?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Prezident Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Instagram va Twitter sahifalari orqali o‘z onasi Tat‘yana Karimovaning "jodugarlik" bilan shug‘ullanishidan tashvish izhor etgan.

Ayni ayblovlar ortidan Gulnora Karimovaning Twitterdagi sahifasi butkul berkitilgan, uning Instagram orqali bildirgan fikrlari esa o‘chirilgan.

Avvalroq Gugusha taxallusi bilan shuhrat topgan Gulnora Karimova o‘z singlisi Lola Karimova-Tillayevani otasi ta‘minlagan boylikni isrof qilish va qora kuchlar bilan do‘stlashishda ayblagan edi.

Gulnora Karimovaning o‘z yaqinlarini "shaytonparastlik"da ayblashi O‘zbekistonni deyarli chorak asrdan buyon idora etayotgan Karimovlar oilasi a‘zolari o‘rtasida adovat chuqur ildiz otganini ko‘rsatadi.

Londondan mustaqil jurnalist Shohida Yoqubning ishonishicha, Karimov oilasi a‘zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning internetga "ko‘chishi" O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta‘sir ko‘rsatmasa-da, Islom Karimovning mamlakatni idora eta olmayotganini ko‘rsatadi.

Shohida Yoqubga ko‘ra, O‘zbekistonda Karimov oilasi a‘zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni jamoatchilikka oshkor etishdan manfaatdor bo‘lgan kuchlar mavjud.

Jurnalist bilan bo‘lgan suhbatni tinglang.