"Titanik" skripkasi kimoshdi savdosida rekord bahoga qo‘yildi

"Titanik" kemasi cho‘kayotgan payt yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun o‘ynalgan tarixiy skripka Uiltshir grafligidagi kimoshdi savdosida sotilishi kutilmoqda.

Skripkaga qo‘yilgan dastlabki 300 ming dollar bahoning o‘zi uni Titanikning eng qimmatbaho bir bo‘lagiga aylantiradi.

Skripkani sozandalar guruhi rahbari Volos Xartley chalgan bo‘lib, u kema cho‘kkanda halok bo‘lgan 1517 yo‘lovchidan biri edi.

Auktsionist Alan Oldrijning aytishicha, skripka Titanikning "eng noyob va ahamiyatli" tarixiy bo‘lagi sanaladi.

Olmoniyada ishlab chiqarilgan skripka Volos Xartley uning qallig‘i Mariya Robinsonning sovg‘asi hisoblangan.

Kimoshdi savdosiga qo‘yilishdan oldin musiqa asbobining mutaxassislar yordamida haqiqiyligini aniqlab olish uchun Genri Oldrij va uning o‘g‘liga roppa rosa yetti yil kerak bo‘ldi.

Nihoyat mart oyida skripkaning haqiqiyligi bildiriladi.

Sud-ekspertiza mutaxassislarga ko‘ra, skripkada hali ham dengiz suvining tuzi saqlanib qolgan ekan.

Biroq ba‘zi kishilar skripkaning haqiqiyligiga shubha bilan qarab, dengiz suvi ta‘sirida skripka hozirgacha saqlanib qolmasligini aytishadi.

Ma‘lum bo‘lishicha, skripka janob Xartleyning qutqaruv kiyimidagi tanasiga bog‘langan bo‘lib, teridan qilingan g‘ilofning ichidaligi uni asrab qolgan.

Xartleyning qallig‘i Mariya Robinsonning kundaligida yozilishicha, suvdan chiqarib olingach, unga skripka qaytarilgan.

Uning o‘limidan so‘ng esa, mahalliy harbiyning qo‘liga, undan so‘ng 1940 yillarda nomi oshkor qilinmayotgan hozirgi egasining onasiga o‘tadi.

Kimoshdi savdosi uyining xo‘jayinlariga ko‘ra, skripkaga butun dunyodan kollektsionerlar qiziqish bildirishmoqda.

AQShdagi ko‘rgazmada tarixiy skripkani uch oy ichida 315 mingdan ortiq odam tomosha qilib ulgurdi.