Taniqli inson haqlari faoli Sur‘atbek Ikromovga chiqish vizasi berilmayapti

O‘zbekiston huquq-tartibot organlari taniqli inson huquqlari faoli Sur‘atbek Ikromovga mamlakatdan xorijga chiqish vizasini bermaganlar.

Sur‘atbek Ikromov Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson xuquqlariga bag‘ishlangan Istanbul shahrida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan anjumanga taklif qilingan.

U chiqish vizasini olish uchun o‘zi yashaydigan ichki ishlar idorasining Xorijga chiqish-kirish bo‘limiga oktyabr oyining boshida murojaat qilgan.

Sur‘atbek Ikromov norasmiy O‘zbekiston Inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhining rahbari.

Tashabbus guruhi mamlakatda inson huquqlari poymol etilishi haqida muntazam hisobot va axborot tarqatib keladi.

O‘zbekiston fuqarolaridan chetga chiqish vizasini talab qiluvchi dunyoning sanoqli davlatlaridan biridir.

Xorijga chiqish vizasi ikki yil muddatga beriladi va undan keyin bu vizani yangilash talab qilinadi.

Sur‘atbek Ikromov o‘ziga chetga chiqish vizasi berilmayotgani haqida quyidagilarni gapirib berdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi