Terrorchimi yo qahramon?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Jangarimi yo gumanist?

Belgiya hukumati 18 yashar Yyeyoen Bontnik borasida xuddi ana shunday savol qarshisida qolmoqda.

Islom dinini qabul qilgan va yaqinda Suriyada bo‘lib qaytgan o‘spirin hali bir necha yil oldin Belgiyada shariatni o‘rnatishni maqsad qilgan radikal guruhga ham aralashib qolgandi.

Belgiya rasmiylari Yyeyoen Suriyada biron jangari guruh safida jang qilgan, degan gumonda.

Ammo uning o‘zi Suriyaga insonparvarlik maqsadida borganini, suriyaliklarga dori-darmon tarqatib, yarador insonlarni xavfsiz joyga eltishda ko‘mak ko‘rsatganini aytadi.