Britaniyaga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda

Image copyright AFP

Sinoptiklar 28 oktyabrda Angliyaning barcha hududlariga kuchli to‘fon yopirilishidan ogohlantirmoqda.

Britaniya hukumati aholini avtomobilda sayohat qilmaslikni maslahat bergan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, to‘fon janubi-g‘arbiy Angliya va Uelsdan boshlanib, butun mamlakat hududini kesib o‘tadi.

Ayni paytda qirg‘oqoldi hududlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgani, suv yo‘llari yopilgani aytilmoqda.

Bir necha kun oldin Atlantika ummonida paydo bo‘lgan daraja katta tezlikda Britaniya orollari tomon yo‘nalgan.

Mutaxassislarning xabar qilishicha, shamolning tezligi sekundiga 33 metrga yetadi.

Bundan ikki yil oldin Ovro‘poga yopirilgan tropik to‘fon Britaniyani ham falajlab qo‘ygan, soatiga 130 km tezlikdagi shamol oqibatida o‘n minglab xonadonlar elektr energiyasiz qolgan edi.