Havo sovidi, endi o‘zbeklarning kuni ko‘mirga qoladimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati keskin tushib ketishi ortidan xonadonlarni isitish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda.

Toshkentdagi ko‘p qavatli binolarda istiqomat qilayotgan aholi vakillari uy ichidagi harorat tashqaridan ko‘ra sovuqroq ekanini aytishgan.

Andijonlik faol Gulbahor To‘rayeva o‘zi yashaydigan viloyat markazi bir qismida so‘rov o‘tkazgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Andijonda gaz kam hajmda yetkazilmoqda, ustiga-ustak elektr tizimida ham uzilishlar kuzatiladi.

Mazkur holatlar esa, aholining shikoyatlariga sabab bo‘lmoqda.

Eng ko‘p aziyat chekayotgani - kam ta‘minlangan oilalar, deyiladi.

Hokimiyat rasmiylari ular uchun ko‘mirni davlat narxlarida sotishni rejalashgan. Bir kilogramm ko‘mir uchun narx 800 so‘m qilib belgilangan.