Tojikiston saylovlari: Ijtimoiy tarmoqlardan kim qo‘rqadi?

  • 1 Ноябр 2013

Chorshanba kuni Tojikistonda Prezidentlik saylovi kechadi. Aksariyat Tojikistonliklar joriy Prezident Imomali Rahmon g‘alaba qozonishiga shubha qilmaydilar.

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida kabi Tojikistonda ham hech qachon shaffof va adolatli saylovlar kechmagan.

Imomali Rahmon bilan "bellashaman" deb maydonga tushganlarning hech biri muxolifat nomzodi emas.

Ammo, bu gal hukumat mulozimlari bir qadar xavotirga tushishgan, chunki yetti yil avval ommalashmagan ijtimoiy tarmoqlar bugun ayniqsa yoshlar orasida keng yoyilmoqda.

Facebook, Odnoklassniki va Moy Mir kabi tarmoqlar, matbuotdan farqli shaklda "nazoratsiz" qolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar Tojikistondagi siyosiy jarayonlarga ta‘sir eta biladimi? Xayrullo Fayz lavhasi.