"Russkiy marsh"ga sakkiz mingdan ortiq odam yig‘ildi

Image copyright RIA Novosti

Mamlakat Ichki Ishlar vazirligi xabar berishicha, Moskvaning Lyublino tumanida "Russkiy marsh"da ishtirok etish uchun 8 mingdan ortiq kishi to‘plangan.

BBC muxbiriga ko‘ra, maydonda namoyishchilar bir chaqirimga yetadigan ko‘chani to‘ldirishgan.

"Shu bilan birga ular bilan bir safda turishni xohlamaydigan boshqa guruh ma‘lum bir masofada kolonna bo‘lib bormoqda".

Yomg‘ir yog‘ayotgani sababli rejalashtirilgan mitingni qoldirishga qaror qilindi, deb aytadi BBC muxbiri.

Moskva shahar hokimiyati 15 minggacha namoyishchi qatnashadigan "Russkiy marsh"ni Lyublinoda o‘tkazishga rozilik bergan edi.

Rossiyadagi millatchilar amaliyoti ularning o‘zi ta‘kidlashicha, tub aholining eng katta yurishi hisoblanadi.

"Russkiy marsh" harakatining ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalari rus xalqini yurishga qo‘shilishga chaqiriqlar, hamda rus bo‘lmagan aholi, xususan Markaziy osiyolik muhojirlar va Qofqozlik fuqarolarga qarshi millatchi bayonotlar va shikoyatlar bilan to‘lgan.

Millatchilar ko‘proq kishilarni namoyishga chiqishga chaqirmoqdalar.

Ayni paytda rossiyalik inson haqlari faollari hukumatdan Rossiyadagi rus bo‘lmagan aholi, xususan mehnat muhojirlarini diskriminatsiya qilinishiga chek qo‘yishni so‘ramoqda.

Biz Moskvadagi hamkorimiz Sohiba Hayitboyevadan ushbu yurish tafsilotini so‘radik.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi