Tyananmen hujumi asl sababi nimada?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xitoy hukumatiga ko‘ra, Tyananmen maydonidagi hujumni asli Shinjonning Xo‘tan shahridan bo‘lgan, hukumatning ta‘biri bo‘yicha xalqaro jangarilar dastaklagan "terrorchilar" sodir etgan.

Xitoyning davlat televideniyesi xabar qilishicha, bir necha yuz litr yonilg‘i ortilgan avtomobilni xo‘tanlik bo‘lgan uch kishi poytaxt Pekin markazidagi Tyananmen maydonida odamlarning ustiga haydagan, keyin avtomobil alanga ichida qolgan.

Oqibatda mashinadagi 1 erkak, uning onasi va xotini, olomon ichidan ikki kishi halok bo‘lgan.

Davlat televideniyesiga ko‘ra, Xo‘tandan yana 5 kishi ushbu hodisaga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olingan.

Biroq Xo‘tan shahriga safar qilgan "Frans Press" axborot agentligi muxbirlari xabar qilishicha, xo‘tanliklar davlat matbuoti ilgari surayotgan ayblovni rad etganlar.