Halokatli Xayan to‘foni fazodan qanday ko‘rindi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Filippindagi Xayan to‘fonidan 4 kun o‘tib, Takloban shahrida omon qolganlar hamon yordam kutmoqdalar.

Shahar aeroportiga Filippin va Amerika harbiy uchoqlari kelib qo‘nmoqda, lekin BBC muxbiriga ko‘ra, oziq-ovqat, suv hamda boshpanaga o‘ta muhtoj 200 kishiga yordamlar yetib borayotganining alomati kam.

Shaharga eltadigan yo‘lni qochqinlar va vayronalar qoldiqlari to‘sib tashlagan.

Taxminan 10 mingtacha inson halok bo‘lgan deb ko‘rilmoqda.

BMT to‘fon jabrdiydalariga yordam berishni so‘rab xalqaro hamjamiyatga murojaat qilgan.

9 noyabr kuni to‘fon Filippinga yopirilgan payti Xalqaro Fazo Stantsiyasi Xayan to‘foni miqyosini videotasvirga tushirgan.

AQShning NASA fazo agentligi ushbu videoni taqdim etgan.