O‘zbekiston shahar va qishloqlarida elektr va gaz ta‘minoti keskin qisqargan

Image copyright bbc
Image caption O‘zbekiston shahar va qishloqlarida kuz va qish mavsumlarida gaz va elektr ta‘minoti qisqaradi

O‘zbekistonning deyarli barcha mintaqalarida, faollar xabariga ko‘ra, aholini gaz va elektr bilan ta‘minlash sezilarli darajada qisqargan.

O‘tin yoqib va sham atrofiga yig‘ilib kun ko‘rayotgan ba‘zi farg‘onaliklar vaziyatni "tosh asri" deb baholashgan.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumani yashovchilaridan birining aytishicha, "xalq otasi xam qilmagan ishni qilayapti - sham yoqayapti".

O‘quvchilar esa maktabga sumkalarida kitob o‘rniga o‘tin tashishmoqda.

Rishton yashovchisining BBC bilan suhbatda aytishicha, aholi uylarini isitish uchun o‘tin, ko‘mir va tezakka 150-200 ming so‘mgacha sarflashmoqda.

Rishton tumanida, uning ilova qilishicha, aholi 24 soatda 3 soatgina elektr energiyasi bilan ta‘minlanmoqda xolos.

Rishton yashovchisi bilan suhbatni tinglang:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi