Yuk avtomobili Sidney tunnelini shikastladi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

14 noyabr kuni Avstraliyaning Sidney shahridagi tunnelda transport qatnovini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.

Bunga uzun yuk avtomobilining ustki qismi asosiy magistral yo‘llardan biridagi tunnelga sig‘may qolgani va tunnelga shikast yetkazgani sabab bo‘lgan.

Oqibatda ushbu magistral yo‘lning Sidney shahri chekkasidagi qismlarini yopishga to‘g‘ri kelgan.

Favqulodda vaziyatlar xodimlari yuk avtomashinasini tunneldan olib chiqishgan va yo‘lni siniq va qoldiqlardan tozalaganlar.

New South Wales Yo‘l vaziri Dankan Geyning aytishicha, avtomobil shirkati yetkazilgan zararni qoplashi lozim.

Hodisada biror kishi jarohatlangani xabar qilinmagan.