Qozon aeroportidagi uchoq halokatida 50 inson halok bo‘lgan

Image copyright Reuters

Rossiya favqulodda holatlar rasmiylari xabar qilishicha, Moskva shahridan uchib borgan Boeing-737 uchog‘i Tatariston poytaxti Qozon shahri aeroportida halokatga uchragan.

Uchoq Moskvaning "Domodedovo" aeroportidan parvoz qilgan.

Halokat mahalliy vaqt bilan kechki soat 7 larda ro‘y bergan.

Uchoqda 44 yo‘lovchi, 6 nafar ekipaj a‘zosi bo‘lgan.

Halokatda biror kishi omon qolmagan.

Tatariston Favqulodda holatlar vazirligidan xabar qilishlaricha, Boeing-737 uchog‘i uch marta qo‘nishga harakat qilgan.

Uchinchi martasida yerga kelib urilgan.

Yong‘in kelib chiqqan.

Uchoq "Tatariston" aviashirkatiga tegishli bo‘lgan.

Halokat sababini o‘rganish boshlangan.

Mutaxassislarga ko‘ra, uchuvchilarning xatosi yoki texnik nosozlik halokatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Qutqaruvchilar halokat joyida halok bo‘lgan hamma insonlarning jasadlarini topganlar.

Halokat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari jinoyat ishi qo‘zg‘aganlar.