Shahzoda Uilyamning nikoh to‘yi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida

Image caption Britaniya qirol oilasi vakillarining to‘y marosimlari uchun tayyorlangan tortlar kimoshdiga qo‘yilishi an‘ana tusini olgan

Julien Auctions kimoshdi savdosida shahzoda Uilyam va Keyt Middlton to‘yida ziyofat dasturxonida uzatilgan tortning bo‘lagi sotilgan. Mevali tort bo‘lagi 4160 dollarga sotishga muvaffaq bo‘lingan.

Tarkibida uzum, yong‘oq, gilos, limon va apelsin va frantsuz konyagi bo‘lgan tort bo‘lagi kimga nasib qilgani noma‘lum.

Beverli-Xilzdagi Julien Auctions vakilining ta‘kidlashicha, konditer ustasi tayyorlagan to‘y torti ikki yil o‘tgach hali ham yeyishlik ekan.

650 bo‘lakli tortdan qanchasi sotilishi rejalangani aytilmagan.

Britaniya qirol oilasi vakillarining to‘y marosimlari uchun tayyorlangan tortlar kimoshdiga qo‘yilishi an‘ana tusini olgan.

Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning 2011 yil 29 aprelda bo‘lib o‘tgan nikoh marosimidan saqlangan shirinlik bo‘lagi 2012 yil may oyida ham sotilgan edi.

2013 yil 22 iyulda ular oilasida shahzoda Jorj Aleksandr tug‘ildi.