London ajoyibotlari: Olimpik stadion to‘liq ishlatilmayapti

Image copyright AFP

Lordlar Palatasining 2012 yilgi Olimpik o‘yinlar bo‘yicha qo‘mitasi Londonning Olimpik o‘yingohi to‘laligicha ishlatilmayapti degan xulosaga kelgan.

429 million funt pulga qurilgan stadion Lordlarning fikricha "milliy meros bo‘lib, to‘laqon ishlatilishi lozim".

Hukumat esa Olimpik o‘yinlar ruhini davom ettirishini qattiyan qayd etgan.

Lordlar Palatasining hisobotida hukumat tarafidan Olimpik inshootlar ustidan "egalik hisining yo‘qotilishi" ta‘kidlanadi.

Bu inshootlarda sportsmenlarning ko‘payganligi ham e‘tirof etilmagan, deydi hisobot.

O‘yindan kelgan foydaning ham taqsimoti tanqid etilgan. Jumladan mamlakatning janubiy sharqida 15000 ish o‘rni yaratilgan esa, shimolda atigi yettigina ish o‘rni ochilgan.

Ma‘lumki, Olimpik o‘yingohni Vest Hem futbol jamoasi sotib olgan. Bu jamoa rejalariga ko‘ra 80 ming o‘rinli stadion 2016-17 mavsumi oldidan 54 ming o‘rinli o‘yingohga aylantiriladi.

Stretfordda joylashgan bu stadionni futbol jamoasi 99 yillik ijaraga olgan.

Stadion ta‘mirdan o‘tgach, unda pop-musiqa kontsertlari, 2015 yil Regbi bo‘yicha Jahon birinchiligi o‘yinlari, 2017 yil Jahon Yengil Atletika o‘yinlarining o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Lekin stadionni hozirda ishlatish holatini hisobot "masxaraomuz" deb tanqid etgan.