Frantsuz oshxonalariga endi chayonu chigirtkalar "o‘rmalab kirishmoqda"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Frantsiyaning eng oliymaqom restoranlari taomnomasida chayonlar va chigirtkalar taklif qilinadi.

Dunyo bo‘ylab oqsilga talab o‘sib borayotgan bir paytda aynan hashoratlar yechimlardan biri sifatida ham ko‘rilmoqda.

Va, albatta, bu biz uchun hashorat yeyish bo‘lsa, frantsuzlar entomofagiya degan ajabtovur so‘zni qo‘llaydilar.

Hashorat yeyish qadimda dunyoning ko‘plab qismlarida asosan past tabaqaga xos bo‘lgan esa, bugun poytaxtlardagi xoslar orasida urf bo‘lmoqda.

Parijdagi Le Festin Nu restorani o‘z mijozlarida hashoratlarning turfa xilini taklif qiladi.

26 yoshli bosh oshpaz Eli Daviron esa, o‘z ishiga san‘atkorona yondashadi.