Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri: "Mamlakatdagi islomiy aqidaparastlik bizni hayratga soldi"

Image copyright none
Image caption janob Idrisovga ko‘ra, mamlakatdagi islomiy aqidaparstlik ko‘plar uchun kutilmagan hol bo‘ldi

Londonga ikki kunlik tashrif bilan kelgan Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Yerlan Idrisov mamlakatda bo‘y ko‘rsata boshlagan islomiy aqidaparstlik kutilmagan hol bo‘lganligini aytdi.

BBC tomonidan, Suriyada Qozog‘istonlik jihodchilarning paydo bo‘lishiga munosabati haqida so‘ralgan vaqti janob Idrisov bu holat hamma uchun hayratlanarli bo‘lganligini bildirdi.

"Yaqin-yaqinlargacha Qozog‘iston diniy aqidaprastlikdan holi mamlakat sifatida ko‘rilardi", dedi janob Idrisov.

Unga ko‘ra, hozirda ushbu muammoning Qozig‘istonda kelib chiqishi ildizlarini topishga urinmoqdalar.

"Bu harkatlarga qo‘shilib qolganlar bizning fuqarolarimiz. Biz ularni jamiyatga qaytarib, kelajakda yo‘qotib qo‘ymasligimizga harakat qilmoqdamiz", dedi Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri.

Janob Idrisovning aytishicha, Afg‘onistondan xorijiy kuchlarning olib chiqilishidan so‘ng giyohvand moddalar noqonuniy savdosi miqyosining o‘sishi ehtimoli ham xavotir uyg‘otmoqda.

"Bu savdo hozir ham kichik miqyosda emas. Afsuski Markaziy Osiyo, jumaladan Qozog‘iston giyohvand moddalarni tashish yo‘lidagi tranzit hududdir. Shuning uchun biz qo‘shni mamlakatlar tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qilib bu savdoni qisqartirish va oxir oqibat butunlay yo‘qotish yo‘lida harakat qilmoqdamiz", dedi Qozog‘iston rasmiysi.

Janob Idrisov Qozog‘istondagi inson huquqlari vaziyati abgorlashib borayotgani haqida xalqaro tashkilotlar va g‘arb rahbarlari tomonidan izhor etilgan xavotirlarni asossiz deya atadi.

Uning aytishicha, Qozog‘istondan tashqarida u yerda aslida nimalar bo‘layotgani haqida umuman xabarsiz bo‘lgan aksariyat va vaziyat haqida noto‘g‘ri ma‘lumotga ega bo‘lgan ozchilik bor.

"Ana shular Qozog‘iston haqida noto‘g‘ri tasavvurni uyg‘otmoqdalar. Bizning g‘rab davlatlari bilan hech qanday muammomiz yo‘q. Biz to‘liq demokratik jamiyat bo‘lmasak ham, dekmoratik tizimini yaratishga harakat qilayotgan davlatmiz", dedi Qozig‘iston Tashqi Ishlar vaziri.