Saudiyalik xayoli: "Uyimda qay bir turk yulduzini ishlatsam ekan-a?"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Saudiya Arabistonida nima ommabop – turk seriallari...

Minglab mehnat muhojirlari o‘z mamlakatlarini tark etishgach, tashvishga tushib qolgan ayrim saudiyaliklar ijtimoiy muloqot tarmoqlarida hazil-huzul bilan qay bir turk yulduzini ishlatish muhokamasiga tushib ketishibdi.

Ammo, "hazilning tagi chin", deganlarimi, ularning xayoliy orzulari sal boshqacharoq shaklda bo‘lsa-da, ro‘yobga chiqadigan ko‘rinadi.

Xabarlarga ko‘ra, saudiyalik rasmiylar turkiyalik mehnat muhojirlariga o‘z eshiklarini ochishlari mumkin bo‘ladi.

San‘atning hayotga ko‘chishi, balkim, shu bo‘lsa kerak.

Gap nimadaligini bilmoqchi bo‘lsangiz, videolavhamizni tomosha qiling.