Rossiyada noqonuniy pul o‘tkazish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olingan

Image copyright Reuters
Image caption Noqonuniy bank amaliyotlari bilan shug‘ullangan shaxslar orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Rosiya ichki ishlar vazirligi Moskva hamda Perm shaharlaridagi yirik bozorlardan noqonuniy pullarni o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan guruhni hibsga olganini ma‘lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, noqonuniy bank amaliyotlari bilan shug‘ullangan shaxslar Rossiya, Gurjiston va O‘zbekiston fuqarolaridir.

Ichki ishlar vazirligi ularning Hizbu tahrir a‘zolari ekani va Rossiyada faoliyati taqiqlangan ayni tashkilotga mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanganliklarini aytgan.

Hibsga olishlarning boshqa tafsilotlari ma‘lum emas.

BBC moskvalik inson huquqlari faoli Bahrom Hamroyev bilan bog‘lanib, rasmiy xabarga munosabatini so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi