Huquq faoli Shuhrat Rustamovga olti yarim yillik qamoq jazosi so‘raldi

Image caption Huquq faollarining mahkamani kuzatishlariga dastlab qarshilik bo‘lgan

Toshkent shahar jinoyat mahkamasida hakam Anvar Ziyoyev raisligida huquq faoli Shuhrat Rustamov ustidan mahkama jarayoni bo‘lib o‘tgan.

Huquq faoliga tuhmat, haqorat va Konstitutsion tuzumga tajovuz qilish kabi soxta ayblovlar qo‘yilgan.

Prokuror Dilshod Sodiqov Shuhrat Rustamovga eng kam ish haqining 300 barobarida jarima belgilash va olti yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.

Mahkama ertaga davom etishi kutilmoqda. Shuhrat Rustamovga ko‘ra, soxta tergov xulosalariga asoslangan mahkamaning o‘zi qator qonunbuzarliklar bilan o‘tgan.

Uning bildirishicha, ichki ishlar xodimlari tomonidan jizzaxlik fermerning huquqlari buzilib, bosim o‘tkazilgani uchun fermerning huquqlarini himoya qilib chiqqani bois o‘ziga ham soxta jinoiy ish ochilgan.

Mahkamaning oldingi majlislari ham qator qonunbuzarliklar bilan o‘tgani xabar qilingandi.

Huquq faollarining mahkamada qatnashishiga dastlab qarshilik bo‘lgan. Ular prezidentga shikoyat arizasi berishgach, mahkamani kuzatishga qo‘yilganlar.

Shuhrat Rustamov o‘zini himoya qilish uchun dalillari yetarli ekanini aytib, davlat tomonidan berilgan himoyachidan voz kechgan.

Shuhrat Rustamov mahkama unga adolatsiz qaror chiqarsa, hukmga qarshi shikoyat qilishini aytdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi