Skautlar yangi "Messi"ni topishdi, bunga Mirjalol Qosimov nima deydi?

Image copyright BBC World Service
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Barselona", "Real"(Madrid) va "Atletiko" (Madrid) ustida talashayotgan 8 yoshli futbol dahosi Klaudio Gabriel Nankufil bo‘ladi.

Qizil iblislaru Roman Abramovichning boyvachcha moviylari ham befarq bo‘lmagan Klaudio ham to‘rt karra dunyoning "Eng zo‘r futbolchisi" bo‘lgan Lionel Messi kabi Argentinadan.

Bo‘yi bir qarich ekaniga qaramay, texnikasi oliymaqom.

Ammo Argentinaning chang‘ichilar orasida dong‘i ketgan San-Karlos-de-Bariloche oromgoh hududidan ekani bois allaqachon "Qorlar Messisi" laqabini ham olib ulgurgan.

Klaudio Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan jamoatchilik bilan ishlash idorasi bilan shartnoma imzolagunga qadar o‘z viloyatidagi "Martin Guemes" klubida to‘p surgan.

"Iso mavludi ayyomidan keyin Klaudio Ispaniyaning bu uch nahang jamoasida o‘zini sinab ko‘radi. Shundan so‘ng, ularning takliflariga qarab, ish tutamiz", - deydi idora rahbari Manuel Otero.

Hamma narsasi xuddi Messiga o‘xshaydi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Nankufil ham xuddi Lionel Messiga o‘xshab gormon taqchilligidan azob chekadi.

13 yoshda ekani chog‘i "Barselona" klubi vakillari o‘zlari davolatishlari va‘dasi bilan Messini Ispaniyaga olib ketishgandi.

"Martin Guemes" jamoasi prezidenti Markelo Ernalzning aytishicha, Klaudio ham allaqachon tibbiy muolajalarini boshlab yuborgan.

Janob Ernalz nafaqat ikkovlonning jismoniy holatlari, hatto, o‘ynash uslublari ham bir-biriga o‘xshaydi, deydi.

"Hali to‘rt yoshidayoq Klaudioning texnikasi qolgan tengdoshlarinikidan farq qilardi. O‘zining mitti boshi bilan to‘pni oyog‘i bilan o‘ynatishi, tepishi, gol urishi – hamma, hammasini qoyilmaqom qilib uddalardi".

Hatto, onasi ham o‘z o‘g‘lining yulduz futbolchilik qobiliyatidan qanchalik hayratga tushganini yashirmaydi.

"Qanday qilib bunday qilasan?", - desak, "Bilmasam, boshim bilan oyog‘im o‘z-o‘zidan baravariga ishlab ketadi deb aytadi", - deydi onasi Viviana.

Haqli ravishda O‘zbekiston futboli tarixidagi uchta yulduz futbolchidan biri sifatida tan olinuvchi Mirjalol Qosimov "ikkinchi" Messining topilishiga oid xabarga munosabat bildirarkan, "Bo‘ladigan bola boshdan ma‘lum", deydi.