"Jasliq qamoqxonasi nima uchun tashkil qilingan?"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

10 dekabr - Xalqaro inson huquqlari himoya qilish kuni. O‘tgan oktyabr oyi O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha bosh muzokarachisi Akmal Saidov boshchiligidagi hay‘at Jenevada BMT inson huquqlari kengashida hisobot berdi va "O‘zbekistonda siyosiy mahkumlar yo‘q, qiynoqlar qo‘llanilmaydi, bolalar majburiy mehnatidan foydalanilmaydi, matbuot cheklanmaydi va diniy erkinliklar toptalmaydi", deb aytdi.

Qamoqxonalardagi sharoitlar, jumladan, qiynoqlar haqida gap borarkan, O‘zbekiston Inson-huquqlari Milliy Markazi boshlig‘i Akmal Saidov savollarga g‘azabnok javob qaytargandi.

BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi 2002 yildan buyon Jasliq qamoqxonasini yopishni tavsiya etib keladi.

Ammo, O‘zbekiston tarafi esa, bu talablarni e‘tiborsiz qoldirib keladi.

O‘zbek tarafiga ko‘ra, Jasliq qamoqxonasidagi muammolar faqat ob-havo, iqlim sharoitlari bilan bog‘liq.

BMTdagi muhokama ortidan o‘zbekistonlik taniqli inson huquqlari faoli Tolib Yoqubov "Jasliq qamoqxonasi qanday maqsadda tuzilgan?" nomli maqola e‘lon qilgandi.

Hozir Frantsiyada istiqomat qiluvchi faol Jasliqdagi qamoqxona hukumatga muxolif insonlar uchun maxsus tashkil qilinganini aytadi.