Londondagi ko‘rgazmadan mashhur san‘at asarlari o‘g‘irlandi

Image caption O‘g‘irlangan asar 15 ming funtga baholangan

Londonning Notting Xildagi badiiy ko‘rgazmalar zalidan rassom Demiyen Xerstning ikki asari o‘g‘irlab ketilgan.

Xerstning "Pironin U" (Pyronin Y) va "Oleoilsarkozin" (Oleoylsarcosine) asarlarining umumiy bahosi 33 ming funtni tashkil qiladi.

Ularda turli rangdagi nuqtalar tasvirlangan.

Kartina bundan besh kun oldin hashamatli "Eksgibitsionist" galereyasiga qo‘yilgan.

Demiyen Xerst dunyoning eng badavlat rassomlaridan hisoblanadi.

Hodisasini tekshirayotgan politsiyaga ko‘ra, dunyoga mashhur san‘at asarlari buyurtma asosida o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.

Politsiya o‘g‘irlikka guvoh bo‘lganlar bo‘lsa, mukofot evaziga ma‘lumot berishlarini so‘ramoqda.