Raislikka nomzodlardan gaz, elektr va suv muammosini qanday hal etishlari so‘raldi

O‘zbekistonlik huquq faollarining ma‘lum qilishlaricha, shu kunlarda mamlkat bo‘ylab mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va maslaxatchilari saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha bu kabi saylov Namangan shahrining "Navbahor" mahallasida ham o‘tkazilgan.

Saylov jarayonida ishtirok etgan faol Nosir Zokirning aytishicha, raislikka nomzodlarga gaz, elektr va suv yetishmayotgani va muammoni ular qanday hal etishlari mumkinligi haqida savollar berilgan va deyarli ijobiy javob olinmagan.

Demokratik jarayonlar anchayin ortda qolganligi aytiladigan O‘zbekistonda bu kabi saylovlarni na qadar haqiqiy saylovlar, deya aytish mumkin?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi