Mozambik uchog‘i "ataydan halokatga uchratilgan"

Image copyright AFP

Mozambikdagi ekspertlarga ko‘ra, mamlakat havo yo‘llariga tegishli, o‘tgan oy Namibiyaga qulab tushgan uchoq uchuvchisi halokatni atayin amalga oshirgan.

Mozambik Havo yo‘llari TM470 rusumli yo‘lovchi uchog‘i 29 noyabr kuni poytaxt Maputodan Angolaga parvoz qilgan, biroq manziliga yetib bormagandi.

Hodisada borddagi 33 inson hayotdan ko‘z yumgan. Uchoq eski bo‘lmagan, havo yo‘llariga tegishli eng yangi uchoqlardan bo‘lgan.

Fuqarolik Aviatsiya institutining aytishicha, uchuvchi "qasddan" halokatga yetaklovchi "qator harakatlar" qilgan.

Uchoq og‘ir yog‘ingarchilik payti Namibiyaning Bvabvata milliy bog‘iga kelib tushgandi.

Biroq, Aviatsiya instituti rahbari Juau Abreuning matbuot anjumanida aytishicha, uchuvchi Hermino dos Santos Fernandes halokatni "aniq rejalagan".

Abreu janoblari bildirishicha, Santos Fernandes toki samolyot yerga kelib urmagunga qadar ekipaj kabinasini qulflab olib, ichkariga hech kimni qo‘ymagan.

"Bu harakatlar payti siz past va katta shiddat bilan signalizatsiya - ogohlantirish vositalari ishlab yotgani va qayta-qayta eshikni urib, ekipaj kabinasidan chiqishni talab qilganlarini eshitishingiz mumkin" deydi matbuotga gapirgan Juau Abreu.

Shuningdek, tekshiruvlar davomida uchuvchi Hermino dos Santos Fernandes balandlikni yer sathidan uch marta - 11, 500 metrdan 180 metrga ko‘targan. Ayni paytda u tezlikni ham oshirgan.

Uchuvchini bu ishga nima undagani qorong‘u va tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Halokatda nobud bo‘lgan 33 kishi Mozambik, Angola, Portugaliya, Braziliya, Frantsiya va Xitoy fuqarolari bo‘lishgan.

Mozambik Havo yo‘llari xavfsizlik xavotirlari bois bugunda Ovro‘po Ittifoqida havo hududida taqiqlangan.