Qirg‘iziston: qirg‘iz va o‘zbek yoshlari o‘rtasidagi janjal oldi olindi

Image copyright Askar Baimuratov
Image caption Yoshlar o‘rtasidagi janjalni ichki ishlar xodimlari bartaraf etishgan

Qirg‘iziston janubidagi Botken viloyatida qirg‘iz va o‘zbek yoshlari o‘rtasida janjalning oldi olingan.

Rasmiylarga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari o‘z vaqtida janjalni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan.

Ichki ishlar mulozimlariga ko‘ra, o‘zbek va qirg‘iz yoshlari o‘rtasidagi nizo Botken viloyati Laylak tumanining Oqsuv qishlog‘ida yuz bergan.

Botken viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, janjal ikki nafar yosh yigit o‘rtasidagi kelishmovchilikdan boshlangan.

Tez orada har ikki millatdan 200 ga yaqin yoshlar to‘planganlar, biroq huquq tartibot idoralarining zudlik bilan aralashishi tufayli katta janjalning oldi olingan.

Ichki ishlar xodimlari hozirda aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilayotganini bildirganlar.

Oqsuv qishlog‘iga Laylak tumani va Sulukta shaharlaridan qo‘shimcha kuchlar yuborilgan.

Ichki ishlar xodimlariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi janjalda hech kim jarohat olmagan.

Ayni damda hodisa yuzasidan tergov ishi qo‘zg‘atilgan.