G‘arbni o‘ziga maftun etayotgan Afg‘oniston o‘zbeklari musiqasi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Parijda "Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari musiqasi" deb nomlangan hujjatli film taqdim etildi.

35 daqiqalik ushbu film Kembridj Universiteti professori Roziya Sultonovaning videoyozuvlari asosida ishlangan.

Afg‘oniston 1970 yillardan beri qator bosqinlar, bir-biriga muxolif - Sho‘rolar, Mujohidlar, Toliblar va G‘arblik ittifoqchilar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar sahna bo‘lib keladi.

O‘ttiz yildan ortiqroq vaqtdan beri davom etayotgan urushlar mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy inqirozlar qa‘riga otgan.

Bularning barchasi afg‘on xalqi hayotini ostin-ustun qilib yuborgan.

"Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari musiqasi" hujjatli filmida Afg‘oniston shimolida yashovchi o‘zbeklarning ana shunday bo‘hronlardan omon chiqqan musiqachiligi yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi.

Gulsevar Zamon Parijdagi film taqdimotida ishtirok etgan.