Sochida "xudkush hujumchi" qidirilmoqda

Image copyright AFP

Rossiya politsiyaning ma‘lum qilishicha, Sochi shahrida hujum uyushtirish ilinjida bo‘lganligi gumon qilingan ayol qidirilmoqda.

Yanaga oy Qishki Olimpiya O‘yinlariga mezbonlik qiluvchi shahar bo‘ylab "hujumchi ayol"ning fotosuratlari yopishtirilgan.

23 yoshli ismi Rozanna Ibragimova ekanligi aytilgan ayolning Shimoliy Qavqozning Dog‘iston hududidan ekanligi bildirilgan.

Aytitlishicha, u islomiy jangarilardan birining bevasi.

Uning shuningdek, qat‘iy tekshiruv nuqtlarini aylanib o‘tib, shu oy boshlarida Sochiga kirib kelgani da‘vo qilinmoqda.

Politsiya tomonidan tarqatilgan e‘lonlarga ko‘ra, yana kamida ikki "xudkush hujumchi ayol" mintaqada qidlirilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Olimpiada O‘yinlari o‘tadigan yerlarni shaxsan aylanib chiqib, misli ko‘rilmagan miqyosda xavfsizlik choralarini yo‘lga qo‘ygan.

30 mingdan ko‘proq politsiya va Ichki Ishlar vazirligi qo‘shinlari askarlari xavfsizlik chorlarini ta‘minlash uchun safarbar qilingan. Mintaqaga kirish cheklangan.

O‘tgan yili 29 va 30- dekabr kunlari Volgograd shahrida ikki xudkushlik bomba hujumining amalga oshirilishi ortidan xavfsizlik borasidagi xavotirlar kuchaygan.

Seshanba kuni AQSh prezidenti Barak Obama Kreml rasmiylariga telefon qilib, Olimpiya o‘yinlarini "xavfsiz" qilish uchun Amerikaning to‘lliq qo‘llovini taklif qilgan.

7 fevral kuni O‘yinlar boshlangan vaqtda AQShning ikki uchoq tashuvchi kemasi Qora Dengizda shay holatida bo‘ladi. Vashington shuningdek, qo‘lbola portlovchi usuknalarni topishga yordam beruvchi texnik uskunalarni yetkazib berishni taklif qilgan.

Shimoliy Qavqozdagi islomiy jangarilar Moskva tomonidan Sochidagi Qishki Olimpiya O‘yinlariga asosiy tahdid sifatida ko‘rilmoqda.

Qator milliy jamoalar hujum qilish po‘pisasi bilan elektron maktublar olganliklarini ma‘lum qilganlar.

Sochidagi O‘yinlarni tashkillashtirish Qo‘mitasi po‘pisilar "real emas"ligini aytgan.