Futbol, sir ochildi: Kim Messi va kim Ronalduga ovoz bergandi?

Image copyright BBC World Service

Agar, gapning indallosidan boshlasak, Krishtianu Ronaldu Lionel Messi, Messi esa, Ronaldu uchun ovoz bermagan.

Bu haqda qat‘iy xulosa chiqarishga esa, rasmiy ovoz berish natijalari dalolat qilmoqda.

Bu natijalarning yana qanday kutilmagan joylari bor ekan, deb qiziqayotgan bo‘lsangiz, shoshmang: Kamerun milliy terma jamoasi sardori Fil Suyagi qirg‘og‘i yulduzi Yaxyo Turega, Braziliyaning nomdor himoyachisi Tiago Silva Xitoy milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi va Granada matbuoti qizil iblislar hujumchisi Robin van Persiga ovoz berishganiga nima deysiz?

Xullas, kuni-kecha Shveytsariyaning Tsyurixida bo‘lib o‘tgan bu yilgi jahon futboli zo‘rlarini aniqlash marosimining rasmiy ovoz berish natijalarini o‘qib, mazza qilishingiz tayin.

Kuchlilarning kuchlilari uchun esa, 184 ta milliy terma jamoa Bosh murabbiylari, sardorlari va xalqaro ommaviy-axborot vositalarining 173 vakili ovoz berishgan.

Siz ham nazar tashlab boqing-chi, dunyo futbolining eng zo‘rlariga ovozlar qanchalik xolisona berilgan ekan, shunday qilib boshladik:

Yuqori o‘nlik nazdidagi eng zo‘rlar:

Ispaniya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 1-o‘rin):

Iker Kasilyas (sardor) – Krishtianu Ronaldu, Frank Riberi, Aren Robben

Visente Del Boske (Bosh murabbiy) – Xavi, Andres Inesta, Riberi

Olmoniya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 2-o‘rin):

Filipp Lam (sardor) – Riberi, Ronaldu, Lionel Messi

Argentina milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 3-o‘rin):

Lionel Messi (sardor) – Inesta, Xavi, Neymar

Alexandro Sabelya (Bosh murabbiy) – Messi, Riberi, Ronaldu

Image copyright BBC World Service
Image caption Deylik, Livan Bosh murabbiyi Urugvay va Frantsiyaning "Pari Sen Jermen" klubi yulduzi Edinson Kavanini zo‘rlarning zo‘ri deb topgan

Kolumbiya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 4-o‘rin):

Mario Yyepes (sardor) - Radamel Falkao, Riberi, Messi

Xose Pekerman (Bosh murabbiy) – Falkao, Messi, Zlatan Ibrohimovich

Portugaliya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 5-o‘rin):

Krishtianu Ronaldu (sardor) – Falkao, Garet Beyl, Mesut O‘zil

Paulu Bentu (Bosh murabbiy) – Krishtianu Ronaldu, Falkao, Robben

Urugvay milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 6-o‘rin):

Diyego Lugano (sardor) – Luis Suarez, Edinson Kavani, Messi

Oskar Tabarez (Bosh murabbiy) – Frank Riberi, Messi, Ronaldu

Image copyright BBC World Service
Image caption "Bavariya" va Olmoniya milliy terma jamoasi sara o‘yinchisi Bastian Shvaynshtayger esa, Liviya, Gvatemala, Filippinniki doxil 11 ovoz olgan

Italiya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 7-o‘rin):

Janluiji Buffon (sardor) – Andrea Pirlo, Ronaldu, Messi

Klaudio Chézare Prandélli (Bosh murabbiy) – Pirlo, Filipp Lam, Robert Levandosviy

Shveytsariya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 8-o‘rin):

Inler Gyokxan (sardor) – Ronaldu, Messi, Riberi

Gollandiya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 9-o‘rin):

Robin Van Persi (sardor) – Robben, Ibrahimovich, Ronaldu

Lui Van Gal (Bosh murabbiy) – Riberi, Tomas Myuller, Robben

Image copyright BBC World Service
Image caption Hindiston, Nikaragua, Saudiya Arabistoni va Burkina Faso barchasi "Barselona" va Ispaniya milliy terma jamoasi nomdor o‘yinchisi Andres Inestani eng zo‘r deb bilishlarini aytishgan

Braziliya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 10-o‘rin):

Tiago Silva (sardor) – Messi, Ibrahimovich, Ronaldu

Luiz Felipe Skolari (Bosh murabbiy) – Ronaldu, Messi, Ibrahimovich

Istisno tariqasida:

Angliya milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 13-o‘rin):

Stiven Jerrard (sardor) – Ronaldu, Messi, Suarez

Roy Xojson (Bosh murabbiy) – Ronaldu, Ibrohimovich, Robin van Persi

Osiyo qit‘asi vakillari kimga ovoz berishdi?

Agar O‘zbekistondagi futbolga ixtisoslashgan uff.uz internet nashrining O‘FF Twitter akkauntiga tayanganini aytib, bergan xabariga asoslansa:

Image caption O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov esa, Frank Riberi, Zlatan Ibrohimovich va Lionel Messilar uchun ovoz bergan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 65 -o‘rin):

Server Jeparov (sardor) – Messi, Ronaldu, Ibrahimovich

Mirjalol Qosimov (Bosh murabbiy) – Frank Riberi, Ibrohimovich, Messi

Quvayt milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 105-o‘rin):

Bader al Mutava (sardor) – Messi, O‘zil, Xavi

Bahrayn milliy terma jamoasi (FIFA tasnifida 110-o‘rin):

Entoni Hadson (Bosh murabbiy) – Bastian Shvaynshtayger, Pirlo, O‘zil

Eng so‘nggida eslatib o‘tish joizki, yakuniy ro‘yxatda qolgan uch futbolchi(Krishtianu Ronaldu, Lionel Mess iva Frank Riberi) orasidan "Jahonning eng qoyilmaqom o‘yinchisi" maqomi bu yil Portugaliya va "Real" Madrid) yulduziga nasib etdi. Ketma-ket to‘rt bor "Dunyoning eng kuchli o‘yinchisi" bo‘lgan Lionel Messi esa, olamshumul rekord o‘rnatib, tarixga kirish imkoniyatidan mosuvo qoldi.