Davlat josuslari sizni qanday kuzatishadi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Internet erkinlik olami deyishardi. Lekin o‘tgan yili Edvard Snouden AQSh davlat josuslik amallarini fosh qilarkan, davlatlar odamlarni kuzatish uchun internetni qanday qo‘llashlarini ham oshkor etgandi.

Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar bugun foydalanuvchilarni bemalol kuzatish maydonchasiga aylanib qolgan. Biroq nisbatan qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, siz yashirishga harakat qiladigan boshqa raqamli texnologiya va muloqot vositalari ham aslida muntazam kuzatuv ostida.

Deylik har bir yuborgan SMS payg‘omingizdan nusxa ko‘chirishlarini bilasizmi? Yoki elektron pochta orqali jo‘natgan xatingizni egasidan ham oldin davlat josuslari o‘qishlarini tasavvur qilasizmi?

Qo‘l telefoningizni o‘chirib qo‘ygan taqdiringizda ham, baribir, undan sizni kuzatish vositasi sifatida foydalanish imkoni borligidan xabardormizsiz?

Mutaxassislarga ko‘ra, yaqin orada odamlarni kuzatish uchun josuslar bemalol xolodilnik, televizor va isitish tizimlaridan ham foydalana olish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin.

Davlat xavfsizligi uchun zarur ayni amallar inson shaxsiy hayotiga qanchalik daxl qilishi mumkin degan chek-chegara esa hali belgilangani yo‘q.

Belgilanganda ham, endi odamlar unga qanchalik ishonisharkin?