Sobiq prezident: "Ukraina fuqaro urushi bo‘sag‘asida"

Image copyright Reuters

Ukrainaning mustaqilikka erishganidan so‘ng ilk prezidenti bo‘lgan Leonid Kravchuk mamlakat fuqarolar urushi bo‘sag‘asida turgani haqida ogoh bilan chiqdi.

Ayni damda Ukraina parlamenti ikki oydan buyon davom etayotgan aksil hukumat namoyishlarida qatnashgan shaxslarni avf etish ehtimollarini mubohasa etmoqda.

Prezident Viktor Yanukovich amnistiya hukumat binolari va barrikadalarni tark etgan shaxslargagina qo‘llanishi zarur, deb hisoblaydi.

Biroq, muxolifat bu shartga hozirga qadar ko‘ngani yo‘q. Kiyev ko‘chalaridagi namoyishchilar prezident iste‘foga chiqmaguncha, joylaridan jilmasliklarini aytishadi.

Sobiq prezident Leonid Kravchukning parlament a‘zolariga aytishicha, butun jahon Ukraina fuqaro urushi arafasida turganligini tan oladi.

"Inqilob ro‘y bermoqda. Bu kabi sharoitda o‘ta ehtiyotkorlik bilan ish tutishimiz kerak", - dedi janob Kravchuk gulduros qarsaklar ostida.

Ushbu parlament yig‘ilishida sobiq prezidentlar Leonid Kuchma va Viktor Yushchenkolar ham hozir edilar.

Parlament hozirda noyabr oyidan beri hisbga olingan namoyishchilar uchun amnistiya e‘lon qilinishi masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Prezident devoni namoyishchilar hukumat binolaridan chiqib, bariikadalarni olib tashlab, tarqab ketgan hollaridagina amnistiyani qabul qilishini ma‘lum qilgan. Lekin namoyishchilar bunga ko‘nmayaptilar.

Hozirgacha parlament yangi namoyishlar to‘lqiniga turktki bergan noroziliklarni cheklovchi qonunni bekor qilib, bosh vazir Azarov iste‘fosini qabul qilgan. Azarov hukumati a‘zolari ham iste‘foga chiqishgan, ammo yangi hukumat tashkil etilgunga qadar 60 kun mobaynida o‘z vazifalarini bajarib turadilar.

Xalqaro munosabat

AQsh prezidenti Barak Obama va Olmoniya kantsleri Angela Merkel aksilhukumat namoyishchilariga o‘z hayrixohliklarini bildirishgan.

O‘zining yillik millataga murojaatida janob Obama, Ukrainani tilga olib, biz har kim o‘z fikrini erkin va tinch ravishda izhor qila olishi, mamlakat kelajagini hal etishda itshtirok etishi printsipiga sodiqmiz, deb aytdi.

Kecha seshanba kuni esa vitse prezident Jo Bayden prezident Yanukovich bilan telefon orqali suhbatlashib, ishlar ilgari siljiganligidan hushnudlik bildirgan.

Ayni vaqtda Ovro‘po Ittifoqining Tashqi Masalalar bo‘yicha rasmiysi Ketrin Eshton Kiyevga muzokaralar uchun yetib kelgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa, Ukriana ishlariga xorijiy aralashuvni tanqid ostiga oldi.

Janob Putinningn aytishicha, Ukraina xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilashga qodirdir.

"Yunoniston yoki Qibrisdagi aksil Ovro‘po namoyishida Rossiya vaziri paydo bo‘lib, da‘vat qila boshlasa, qanday qabul qidlinardi", deb aytdi janob Putin Bryusseldagi sammitda.

Ukrainadagi noroziliklar mobaynida kamida besh kishi halok bo‘lib, mamlakat bo‘ylab qator hukumat binolari namoyishchilar tomonidan egallab olingan.

Poytaxt Kiyev ko‘chalarida hanuz minglab namoyishchilar qolmoqdalar.