Ukrainalik faol qiynoqqa tutilganini aytdi

Image copyright Olga.Koshekenko
Image caption Bulatovning hikoya qilishicha, noma‘lum kishilar uni o‘girlab ketib, kaltaklashgan, hatto qulogini kesishgan

22 yanvarda Kiyevdagi norozilik namoyishlaridan keyin bedarak ketgan Dmitriy Bulatov 30 yanvarda tirik topilgan.

Dmitriy Bulatov Kiyevda Avtomaydon nomini olgan norozilik harakatining yetakchilaridan hisoblangan.

Ukrainalik faol bir qancha jarohatlar bilan "Boris" kasalxonasiga yotkizilgan. Kasalxonada yana bir faol Petr Poroshenko militsiya kaltaklashidan keyin davolanmokda.

Muxbirlarga ko‘ra, Bulatov Kiyev yaqinidagi Borispol tumani Vishenki qishlog‘idan topilgan.

Bulatovning hikoya qilishicha, noma‘lum kishilar uni o‘girlab ketib, kaltaklashgan, hatto qulogini kesishgan. Uzoq qiynoqlardan so‘ng uni mashinada tashlab ketishgan.

Qattik kaltaklanib, ko‘chaga uloqtirilgan faol qorong‘uda eshikma-eshik yurib yordam so‘ragani, nihoyat bir mahalliy kishi yordami bilan do‘stlariga qo‘ng‘irok qilgani va ular orqali Kiyevga qaytganini gapirib beradi.

Bulatov o‘zining 8 kun mobaynida korong‘u joyda saqlanganini aytgan. Noma‘lum kishilar unga ko‘ra, rus tilida gaplashishgan.

Dmitriy Bulatov yo‘qolishidan oldin o‘zining Facebook sahifasida hukumat tomonidan bosimlar bo‘layotganini yozgan edi.

Biroq Ichki Ishlar vazirligi faolni hibsga olinmaganini bildirgan. Avtomaydonda qatnashgan ko‘p faollar militsiya bo‘limidan topilgan, biroq ularning orasida Bulatov bo‘lmagan.

"Avtomaydan"chilar prezident qarorgohi va boshqa hukumat binolari oldida namoyishlar o‘tkazishgan va faollarning kaltaklanishiga qarshi norozilik bildirishgandi.