Alisher Navoiy tavalludiga 573 yil to‘ldi

9 fevral kuni O‘zbek tilining asoschisi, buyuk Alisher Navoiy tug‘ilgan kunga 573 yil to‘ldi.

Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekistonda turli tadbirlar uyushtirilgan.

Toshkentdagi "Turkiston" saroyida Alisher Navoiy xotirasi va merosiga bag‘ishlangan marosimda hukumat rasmiylari, navoiyshunos olimlar, ijodkorlar, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishgan. Alisher Navoiy nomi bilan atalgan Milliy bog‘da mushoira bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek Navoiy merosiga bag‘ishlangan tasviriy san‘at ko‘rgazmasi tashkil qilingan.

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ham Alisher Navoiy yodga olingan.

Xotirlash marosimida qirg‘izistonlik O‘zbek adabiyoti vakillari va ixlosmandlari Navoiyning milliy adabiyot rivoji, ma‘naviyatning yuksalishiga qo‘shgan hissasi haqida gapirib, uning haykali poyiga gullar qo‘yishgan.

Afg‘onistonda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning har yili turli tantanalar bilan nishonlangan tavallud kuniga bu yil u qadar e‘tibor qaratilmagan.

Mazkur holat kelayotgan saylovlarga hozirliklar va ob-havoning o‘ta sovuq kelgani bilan izohlangan. Xabarlarga ko‘ra, ko‘p yo‘llar yopilib qolgan.

Ammo, Navoiyning 18 asari arab alifbosida nashr etilgan. Hamkorimiz Hayotillo Shaybon Afg‘onistonda Navoiy merosiga e‘tibor haqida gapirib berdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi