Qozoq tangasi nega qadrsizlandi? Iqtisodchi sharhi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qozog‘istonda dollar narxi birdaniga 20 foizga qimmatlagan.

11 fevraldan boshlab bir AQSh dollari 185 tangaga sotilmoqda.

Qozog‘iston Milliy Banki tanganing ayirboshlash kursini oldingi darajada ushlab turishdan voz kechgani va valyuta narxlarini belgilash jarayoniga aralashuvni kamaytirish niyatida ekanini ma‘lum qilgan.

Bundan qozog‘istonlik eksportchilarning foyda qo‘rishi aytilmoqda, ammo importning qimmatlashi narx-navoning oshib ketishiga olib kelishi borasida xavotirlar ham yo‘q emas.

Ammo Ostonadagi Ovrosiyo universitetining iqtisod bo‘yicha dotsenti Saparboy Jubayevning aytishicha, Qozog‘iston Milliy Banki tanga narxini ushlab turish uchun yetarli valyuta zahiralariga ega.

Uning so‘zlariga ko‘ra, import narxlarining oshib ketishi borasidagi xavotirlar ham asossiz.

"Bugungi ajiotaj Qozog‘iston Milliy Banki qabul qilgan qarorning psixologik ta‘siridir. Qozog‘istonning o‘zidagi narx-navo o‘zgarmaydi, chetdan keladigan mahsulotlar esa, qaytaga ozroq arzonlashi ham mumkin. Milliy bank shu yo‘l bilan respublikadan valyutaning chiqib ketishining oldini oladi", - deydi iqtisodchi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston sotib oladigan qozoq uni va neft mahsulotlarining narxi ko‘tarilmaydi.

"O‘zbekiston bilan savdo dollarda bo‘lgani uchun bu narxlarga ta‘sir qilmaydi", - deydi qozog‘istonlik iqtisodchi.