Turkmanboshining onasi nomidagi orden bekor qilindi

Image caption Gurbanguli Berdimuhammedov sportga ishqiboz

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Bedimuhammedov marhum Saparmurod Niyozov 1996 yil o‘z onasi sharafiga chiqargan "Gurbansulton yeje" ordenini bekor qilgan.

Uning o‘rniga ayollar uchun yangi "Jenan qalbi" ordenini ta‘sis etish haqida qarorga imzo chekkan.

Yangi orden mamlakat mustaqilligini mustahkamlash hamda iqtisod, fan va texnika sohalari rivojiga hissa qo‘shgan ayollarga beriladi.

Shuningdek Turkmaniston bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirgan boshqa respublika ayollari ham "Jenan qalbi" ordeniga loyiq ko‘rilishi mumkin.

Taqdirlanganlarga orden bilan birgalikda eng kam ish haqining o‘n baravar miqdorida pul mukofoti ham beriladi.

Turkmanistonda o‘rtacha oylik 300 dollarga yaqinni tashkil qiladi. Shuningdek, mukofot sohibasi ish haqiga 30 foiz qo‘shiladi.

Niyozov davrida qator tuman va ko‘cha nomlari, boshqa maskanlar Turkmanboshining onasi nomi bilan atala boshlangan.

Uning vafotidan so‘ng 2007 yil qudratga kelgan Gurbangeldi Berdimuhammedov sobiq prezident shaxsiga sig‘inish ko‘rinishlarini birin-ketin tugata boshlagan.

Jumladan Niyozovning "Ruhnoma" asari oliy o‘quv yurtlari va maktab darsliklaridan chiqarib tashlandi. Niyozov nomidagi aholi maskanlarining nomi o‘zgartirildi.

Biroq kuzatuvchilar Turkmanboshi o‘rniga endi Prezident Berdumuhammedovning shaxsiga katta e‘tibor berila boshlaganini ta‘kidlashadi.