Gugush eronlik ayollarning lesbian sevgisi haqida kuyladi

Eron pop malikasi Gugush o‘zining oxirgi musiqiy klipida lesbian ikki ayolning ishqiy munosabatlarini aks ettirib, Erondagi hamjinslar huquqlarini yoqlab chiqqan.

Uning "Behesht" deb nomlangan oxirgi klipi qo‘shiqchining Facebook sahifasida Avliyo Valentin kunida chop qilingan.

Klipda ikki eronlik ayol jamiyat va oilalari to‘siqlariga qarshi ishqiy munosabat quradilar.

Britaniyada chop etiluvchi Gardian gazetasidagi maqolasida yozilishicha, klip stsenaristi va rejissyori Navid Oqhavan klipni minglab eronliklar internetda va noqonuniy satellit kanallari orqali tomosha qilishganini aytgan.

"Biz boshidanoq bilar edik bu video mavzusi eronliklar orasida juda ziddiyatli bo‘lishini, shuning uchun yomon munosabatni oldindan kutgandik. Lekin na meni, yo na Gugushni bu xavotirga soldi", - deb aytgan u.

Uning aytishicha, aksincha, munosabat juda ijobiy bo‘lgan va Gugushga Erondagi hamjinslar o‘z hayotiy kechmishlari haqida maktublar yozganlar.

O‘zbek muhlislari orasida "Man omadiam" qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan Gugushni oxirgi videosi uchun Erondagi qator an‘anaviy web sahifalar qoralab chiqqanlar.

Image copyright
Image caption Gugush bugunda AQShning Los Anjeles shahrida istiqomat qiladi

Eng‘elab Nyus saytida yozilishicha, Gugush aksil-inqilobchidir, va u monarxistlaru Bahaylarga sotilgan.

Xabar Onlayn sayti video klipni "fahshga to‘la" deb ta‘riflab, u eronliklar orasida jirkanch amallarni targ‘ib qilishini aytdi.

Klipdagi rollarni ikki eronlik aktrisa - Pegoh Faridoniy va Yasmina Ozodiy ijro etishgan. Klip boshida Faridoniyning personaji o‘z sevgilisiga muhabbat izhor qiladi, biroq uning sevgilisi kim ekanligi klipning oxirida ayon bo‘ladi.

"Bu yo‘lning oxiri aniqmas, buni bilaman, sen ham bilasan. Meni sevma dema, bunday qilolmaysan, men ham sevmay yashay olmayman", - deb kuylaydi Gugush.

Bugunda 64 yoshida bo‘lgan Gugush 1979 yilgi Islomiy inqilobdan so‘ng Eronni tark etishdan bosh tortgan va sokin hayot kechirib kelgan. U nihoyat Eronni 2000 yilda tark etib, 21 yillik sukut ortidan yana sahnaga qaytgan.

U nafaqat Eronning yosh va qari avlodlari, balki Markaziy Osiyo va arab davlatlarida millionlab muxlislariga egadir.

Eronda hamjinslar o‘lim jazosi yoki uzoq qamoq muddati bilan jazolanadi.

Your contact details
Disclaimer