Tamakini tashlashning yangi usuli - "Tetris"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Tamakini tashlashga qiynalayotgan bo‘lsangiz yoki biron parhezni davom ettirish malol kelayotgan bo‘lsa, Angliyaning Plimut universitetidagi olimlarning sizga tavsiyalari bor.

"Tetris" kompyuter o‘yinining tamaki chekish, spirtli ichimlik iste‘mol qilish va ovqat yeyish istagini kamaytirishini ko‘rsatgan.

Olimlarga ko‘ra, "Tetris" o‘ynaydigan odam tepadan tushadigan rangli kataklarni uyg‘un bir shaklda terib chiqishga shunchalik berilib ketadiki, beixtiyor ovqat yeyishni ham, tamaki chekishni ham unutib yuboradi.

"Tetris" 1984 yilda moskvalik kompyuter muhandisi Aleksey Pajitnov tomonidan o‘ylab topilgan.

Pajitnov Xenk Rojers bilan birga 1996 yilda AQShda "Tetris" shirkati (The Tetris Company) ga asos solgan.

Sharhsiz video.