"12 yil qullikda" filmi "Oskar" mukofotini oldi

Image copyright Reuters

Britaniyalik rejissyor Stiva Makkuinning "12 yil qullikda" filmi Amerika kinoakademiyasining "Oskar" tanlovida yilning eng yaxshi filmi deb topildi.

Film rejissyori erishilgan g‘alabani "qullik azoblaridan o‘tgan barchaga" bag‘ishlashini aytdi.

Los-Anjelesda o‘tgan tantanali marosimda Alfonso Kuaronning "Gravitatsiya" kartinasi uchun eng yaxshi rejissyor mukofotini oldi.

Ushbu film ijodkorlari kechada Oskarning yetti haykalchasiga sazovor bo‘lib, katta g‘alaba nashidasini surishdi.

"Eng yaxshi erkak aktyor" nominatsiyasida g‘oliblik bashorat qilingan Leonardo di Kaprioga haykalcha bu safar ham nasib qilmadi.

Di Kaprioning nomzodi to‘rt marta "Oskar" mukofotiga qo‘yilgan, biroq biror marta ham yutib chiqmagan.

"Dallas klubi mijozlari" filmida SPIDga chalingan kishi rolini o‘ynagan Mettyu Makkonaxi "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida birinchi bor o‘z "Oskar"ini oldi.

Keyt Blanshett Vudi Allenning "Jasmin" kinosidagi roli uchun "Eng yaxshi aktrisa" nomiga sazovor bo‘ldi.

Spayk Jonzning "U" filmi stsenariysi eng original stsenariy deb tan olindi.

"Movuq yurak" multfilmidagi "Let it go" qo‘shig‘i eng yaxshi qo‘shiq hisoblandi.

86-"Oskar" taqdimoti Los-Andjelesning mashhur "Dolby Theatree" da nishonlandi.

Marosimni taniqli teleboshlovchi va komik aktrisa Ellen Dejeneres olib bordi.