Qrim tatarlari rahbari: "Qrim rus askarlari qo‘liga o‘tdi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qrimning tatarlar zich yashaydigan hududlarida Rossiya harbiylarining ko‘rilgani haqida xabarlar olingan.

Qrim tatarlari Kiyevdagi hokimiyat o‘zgarishini dastaklashgan va Qrimning Ukraina tarkibida qolishi tarafdori.

Ular Qrim muxtor jumhuriyatining maqomi yuzasidan referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etganlar.

Avvalroq Rossiya qo‘shinlarining bostirib kirishidan xavotirda bo‘lgan ayrim qrim tatarlari uylarini tashlab chiqayotganlari haqida xabarlar olingan.

BBC Qrim tatarlarining Milliy Majlisi raisi Refat Chubarov bilan suhbatlashgan.