"Hurriyat 2014": O‘zbekistonda fuqarolik mavqe‘ini izhor etish jinoyatmi?

Image copyright none
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Joriy yilning 27 yanvar kuni toshkentlik bir guruh erkin ijodkorlar Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasiga Kiyevdagi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlab yozilgan bayonotni topshirishgan.

Ularning shu kuni ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali yonida tushgan rasmlari tezda internetda tarqaladi.

Ushbu rasmlar Toshkentda ijodkorlar Ovro‘maydonni qo‘llab-quvvatlagani haqidagi xabarga ilova qilingan edi.

Oradan ikki kun o‘tib, militsiya ularni hibsga oladi.

Shu tariqa sakkiz nafar ijodkorning o‘z fuqarolik mavqe‘larini izhor etish harakati yirik miqdordagi jarima va uch sutkalik qamoq jazolari bilan tugaydi.

"Hurriyat" turkumidan dasturlarda BBC ruxsat etilmagan namoyish qatnashchilaridan biri, taniqli fotograf Umida Ahmedova hamda adabiyotshunos olim Rahimjon Rahmatni suhbatga tortgan.