Qamoqdagi Tojik muxolifati rahbarining himoyachisi qo‘lga olingan

Image copyright BBC World Service
Image caption Muxolifat yetakchisi Zayd Saidov 26 yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi

Poytaxt Dushanbeda hozir uzoq muddatli qamoq jazosini o‘tayotgan muxolifat liderlaridan Zayd Saidovning himoyachilaridan biri qo‘lga olingan.

Hamkasblariga ko‘ra, hodisa kecha payshanba kuni yuz bergan.

Ularning aytishlaricha, Tojikiston Korruptsiyaga qarshi kurash xodimlari tomonidan hibsga olingan Faxriddin Zokirovga allaqachon "qalloblik" aybi bilan jinoiy ish ham ochilgan.

Tojikistonlik taniqli biznesmenlardan biri bo‘lgan Zayd Saidovning o‘zi esa, yangi muxolif partiya tuzish harakatida yurgan bir paytda jinsiy tajovuz, korruptsiya, tovlamachilik doxil qator ayblovlar bilan o‘tgan yil oxirida 26 yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

Faxriddin Zokirovning hamkasblari tomonidan Dushanbeda uyushtirilgan matbuot anjumanida bo‘lib qaytgan BBC muxbiri Mardon Muhammad voqea tafsilotlarini gapirib berdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi