Qrim tatarlari referendumni boyqot qilmoqchilar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ukrainaning Qrimdagi norasmiy moskvaparast hukumati 16 mart kuni referendum e‘lon qilgan.

Bu referendumga ikki savol qo‘yilgan: Qrim Rossiyaning bir qismi bo‘lishi kerakmi yoki Qrim Kiyevdan yanada ko‘proq muxtoriyatga ega bo‘lishi lozimmi?

Qrim tatarlari yarim orolning tub aholisi.

Ular Stalin buyrug‘i bo‘yicha 1944 yilda vatanlaridan 1 kechada deportatsiya qilinganlar.

1980-yillar oxiridan Qrimga qaytgan tatarlar 16 mart referendumini qonunga zid deb hisoblashadi va bu referendumda ishtirok etish niyatlarida emasligini aytmoqdalar.

Qrim tatar Rasim Bekirov o‘zlarining nega bu referendumga qarshi ekanliklarini tushuntiradi.

BBC muxbiri Abdujalil Abdurasulov videolavhasi.