O‘zbekiston yana internet dushmanlari ro‘yxatida

Image copyright rwb

"Chegara bilmas jurnalistlar" xalqaro tashkilotining "Internet dushmanlari -2014" hisobotiga ko‘ra, mavjud ma‘lumotlar ko‘rsatishicha, dunyoda 32ta davlat idora va xizmatlari internetni nazorat ostiga olish bilan shug‘ullanmoqda.

Hisobotga qaraganda, Hindiston telematika taraqqiyoti markazi, Britaniyadagi davlat aloqa markazi, AQShdagi milliy xavfsizlik agentligi, Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati, O‘zbekistonning axborot va ommaviy kommunikatsiya sohasidagi idoralari, "Turkmantelekom", "Eron Inqilobiy gvardiyasi" va boshqa ko‘plab tashkilotlar internet tsenzurasi bilan doimiy mashg‘ul.

"Chegara bilmas shifokorlar" Qo‘shma Shtatlarning milliy xavfsizlik agentligi, va Britaniyaning davlat aloqa markazi o‘zlarining maxsus ayg‘oqchilik loyihalari yordamida millionlar adamlarga taluqli axborotni o‘rganish imkoniga egaligini aytadi.

Bu inson huquqlarini qo‘pol tarzda buzilishi, ularning shaxsiy daxlsizligiga kirish, so‘z erkinligiga tajovuz qilish deyiladi hisobotda.

Ular qo‘llayotgan vositalar Eron, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Bahrayn kabi avtoritar davlatlarnikidan qolishmaydi va bu davlatlarga nisbatan tanqidlarni yo‘qqa chiqaradi. "Avtoritar davlatlardagi ta‘qib yo‘llaridan foydalanib turib, qanday qilib jurnalistlarni himoya qilish haqida gapirish mumkin?" deb savol qo‘yiladi shuningdek.

Xalqaro tashkilot manbalariga binoan, Xitoy nafaqat o‘zida internetni cheklabgina qolmay boshqa mamlakatlarga ham bu borada yordamlashmoqda.

Jumladan, Xitoy Eronning xalqaro web tarmoqlaridan ayro milliy "Halol internet" web tarmog‘ini tuzish va internetni to‘liq hukumat nazorati ostiga olinishi loyihasiga ko‘maklashayotgani haqida ma‘lumotlar bor.

Shuningdek, Xitoy kompyuter loyihachilari Zambiya davlatiga internet ustidan nazorat o‘rnatishda maslahatlar berib kelishi aytiladi.

Xitoyning ZTE shirkati O‘zbekiston hukumatining internet kuzatuvi ehtiyojlarini ta‘minlaydi, deb yozadi "Chegara bilmas jurnalistlar".

2014 yilda internetning dushmanlari qatoriga yangi uchta xalqaro tashkilot kiritilgan.

ISS World, Technology Against Crime i Milipol ma‘lumotlarni ushlash va internet tizimiga to‘siq qo‘yish borasida Eron, Xitoy, Baxrayn kabi davlatlar bilan hamkorlik qilib kelayotgani aniqlangan.

Yuqorida keltirilgan "internet dushmanlari" bildirishicha, internet nazorati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan olib boriladi.

Keyingi paytda O‘zbekistonda internet nazorati yanada kuchaytirilgani xabar qilinmoqda. Mamlakat ichkarisida muxolif fikrdagi internet saytlariga kirish qiyinlashgan.

BBC o‘quvchilarining yozishlaricha, hozir BBCning web saytiga kirish ilojsiz, shuningdek, Ozodlik, Fergana.ru, kabi saytlarni ham ochib bo‘lmayapti.

Mart oyi boshida O‘zbek hukumati davlat idoralarida xorijiy elektron pochtalar va internet saytlariga kirishni taqiqlagan, buni milliy manfaatlarni ifodalovchi axborotlarning tashqariga sizib chiqishining oldini olish deya izohlagan.