Qirg‘izistonda Oliy Kengashning boshqarish birlashmasi tarqatildi

Image copyright b

"Ota-Makon" fraktsiyasining parlamentdagi ko‘pchilik a‘zosi koalitsiya tarkibidan chiqqanligini e‘lon qildi.

Mazkur fraktsiya o‘z bayonotida "Jonto‘ra Sotiboldiyev bosh vazir sifatida o‘zining axloqiy-siyosiy zahiralarini tugatdi va bundan buyon bu yuqori lavozimni egallay olmaydi", deb bildirgan.

"Ota-Makon" fraktsiyasi a‘zosi Osiyo Sasiqboyeva "koalitsiyadan chiqish uchun asos bo‘lgan sabab, bu - bosh vazir korruptsiyaga aralashgan degan ayblovlarga bog‘liq", deb aytdi BBCga.

"Xalq tomonidan norozi bo‘lganlar juda ko‘p. Alohida shunday shikoyatlar eng avvalo korruptsiyaga aloqador. Biz shunday paytlarda aholiga javob berishdan ham qiynalib qolyapmiz. Haqiqatan bugun hokimiyatning ijro etish doirasida ba‘zi bir vazirlar yaxshi ishlay olmayapti. O‘sh va Jalol-Obod shaharlarini qayta tiklash davlat direktsiyasining faoliyatini tekshirganda, bosh vazir o‘zi korruptsiya hatti-harakatlariga aralashib ketganligi tomonidan gumonlar paydo bo‘lgan. Deputatlar komissiyasining xulosalari xam yaxshi bo‘lgan emas. Hukumat tepasida shunday inson turganda, biz qanday yangi siyosiy madaniyat tuzamiz, deb ayta olamiz, shu hodisani aholiga qanday tushuntirib bera olamiz? Mana, xuddi shu kabi savollar ortidan biz fraktsiyamizda ushbu qarorga keldik", - deydi Osiyo Sasiqboyeva.

Qirg‘iziston parlamentidagi boshqarish ko‘pchiligi birlashmasini tarqatib yuborilishi huquqiy tomondan to‘g‘ridir, lekin axloqiy tomondan bu notug‘ri amal, deb aytadi "Or-Nomus" fraktsiyasi deputati Kanibek Imonaliyev.

Parlament a‘zosiga ko‘ra, hali deputatlar hukumatning o‘tgan vaqt davomida faoliyati natijalari haqida hisobotini eshitmasdan, "Or-Nomus" fraktsiyasi Qirg‘iziston Oliy Kengashidagi boshqarish koalitsiyasini shoshilinch holda tark etishi va buning orqasidan mazkur birlashma tarqalib ketishi, bu - mas‘uliyatsiz qarordir.

"Eng avvalo hukumatning o‘tgan vaqtdagi faoliyatini parlament boshqarish birlashmasi hali bor payti mazkur koalitsiya qarab chiqib, shundan so‘ng Oliy Kengashning umumiy yig‘inida muhokama qilish va uning natijalariga muvofiq xulosa chikarilsa to‘g‘ri bo‘lardi. Biz hukumat nimalar qilganligini bilishimiz lozim. Bu xalqqa ham, parlamentga xam kerak", - dedi Kanibek Imonaliyev.