'Hurriyat 2014': 'Talaba yigit peshonamga vatan xoini deb yozib qo‘ygandi'

  • 19 Март 2014

Bundan o‘n yil avval BMTning Qiynoq qo‘llanish holatlari bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekiston safaridan keyin bu mamlakatda qiynoqlar sistematik qo‘llanilishi haqida dunyoga oshkor etar ekan, aksariyat vaziyat o‘zgarishiga umid qilgandi.

Ammo, qamoqxonalarda qiynoq qo‘llanilishi haqida xabarlar o‘n yil o‘tsa ham tingani yo‘q.

Qiynoqni tanasida tatib ko‘rganlardan biri bu - Parijdagi "O‘tyuraklar klubi" rahbari Mo‘‘tabar Tojiboyeva.

"O‘zbekistonda qiynoq qo‘llanishi masalasi kun tartibidan tushgani yo‘q", deydi u.

Qamoqxonada boshidan kechirganlarini: "Bilasizmi bir kuni nima bo‘ldi, men izolyatorda tinimsiz advokatimni talab qilyapman... Men yotgan kameraga 10 yoki 12 talaba yigitlarni olib kirishdi... Keyin manga aytishlari bo‘yicha, ular yuridik institutning talabalir ekan. Ya‘ni, bo‘lajak sudьyalar, bo‘lajak prokurorlar... Ular meni onasi tengi ayolni xo‘rlanib, xorlanayotganini hayvonot bog‘idagi yovvoyi hayvonni tomosha qilgandek tomosha qilishdi. Keyin bittasi bilasizmi, nima qildi? Cho‘ntagidan ruchka olib peshonamga: "Men vatan xoiniman", deb yozdi..." deya xotirlaydi